Viloyatimizda yangi ishlab chiqarish texnologiyalari va zamonaviy uskunalardan keng foydalanish, sohada sifat menejmenti tizimining joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu, o‘z navbatida, tayyor mahsulotlarga jahon bozorlarida o‘z o‘rnini topish imkonini beradi.
Xizmatlar eksporti hajmi 0,8 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 2,2 % ini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 52,9 % ga kamaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm)
(50,0%), moliyaviy xizmatlar (37,5 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (12,5 %) va transport xizmatlar (5,0 %) hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga boshqa tadbirkorlik bilan bo‘g‘liq xizmatlar (0,0 %), boshqa xizmatlar (0,0 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati