01/03/2023

    Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiya balosidir. Mamlaktimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.

 

    Xususan, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.

 

 

 

Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tizimga aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

 

    Seminar-treningda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi raisi T.Sidikov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritdi.

    Shuningdek, seminar-treningda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash” ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini ta’kidlab, mamlakatimizda har xil sohalarda sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu illatga qarshi kurashda doimo ogoh bo‘lib, har bir davlat xizmatchisi yoki har bir fuqaro o‘z ishiga vijdonan yondashsa, korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini tushunsa, bu jinoyatni kamayishiga erish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

    Seminar-trening ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha mas’ullardan batafsil javoblar oldi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech