2023- yil yanvar oyida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 26,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 19,6 % ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 23,3 % ga yetdi.
2023- yil yanvar oyida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mln. AQSH dollariga kamaydi. Ushbu tovarlarni Samarqand Viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 11,5 mln. AQSH dollari (43,1 %), Turkiya — 4,2 mln. AQSH dollari (15,5 %) va Polsha - 2,1 mln. AQSH dollari (7,9 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati