Joriy yilning 31-mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 17- sonli o‘rta maktabda “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda referendum o‘tkazish tartibi” bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida Jomboy tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Bo‘riyev so‘zga chiqib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar to‘g‘risida, shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi
Yangilanayotgan Konstitutsiya–yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.
Konstitutsiyaviy islohot–bugunning talabi, ertaning kafolati!
Shuningdek, ma’ruzachi o‘z nutqida Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar xalq manfaatiga, inson qadriga qaratilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati