20/04/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

 Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 % ga oshgan.

 2023-yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

 

—  Avtomobil benzini – 385,5 ming tonna

 

—  Koʻmir – 989,1 ming tonna

 

—  Neft – 195,5 ming tonna

 

—  Gaz kondensati – 319,5 ming tonna

 

—  Avtobus – 200 dona

 

—  Yuk avtomobillari – 557 dona

 

—  Avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona

 

—  Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 50 018 dona

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech