26/04/2023

Joriy ylining 25- aprel kuni Oqdaryo tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20- sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Maktab o‘qituvchilari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.

Seminarda qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. O‘quvchilarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech