2023- yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,8 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5 % va 7,9 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 %) va Jizzax (2,6 %) viloyatlariga to‘g‘ri
2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika YAIMdagi ulushi 43,6 % ni tashkil etdi. Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 72,8 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (69,0 %), Samarqand (66,7 %) va Buxoro (66,7 %) viloyatlarida kuzatildi. Kichik biznesning eng kam ulushi Navoiy (21,7 %) va Toshkent (46,4 %) viloyatlarida qayd etildi.
Axborot xizmati