2023- yilning yanvarmartida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,8 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 24,0 %), sanoatda – 103,6 % (18,2 %), qurilishda – 107,4 % (6,2 %), xizmatlar sohasida 103,3 % (51,6 %)ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 103,5 % (9,3 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 103,9 % (8,6 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,1 % (33,7%)dan iborat bo‘ldi.
Axborot xizmati