Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga nisbatan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Shuningdek, statistika hisobotlari shakllarini onlayn qabul qilish va qayta ishlash jarayonida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan barcha tizim xodimlari ogoh bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Shu jumladan, kun tartibidagi yig‘ilishda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i Z.Davronov so‘zga chiqib, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish” mavzusida ma’ruza qildi.
Jumladan, davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korrupsiya holatlari haqida to‘xtalib, Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida tayyorlangan qo‘llanma va bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga doimiy ravishda tarqatib borishni ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati