28/04/2023

    Joriy yilning 27- aprel kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida  2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovichlar ishtirok etishdi.

 

 

    Kun tartibiga binoan, boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich  yig‘ilishni ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023- yil I choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

 

    Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

 

    Kengash yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.

 

 

    Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech