2023- yilning 2- may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i X. Xazratkulov hamda Samarqand tumani statistika bo‘limi boshlig‘i F. Jabborovlar tomonidan Samarqand tumanida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi va kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun supervayzerga tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati