05/05/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

 

    2023- yilning 05- may kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

 

 

    Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

    Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyati, 2023-yilning 30- aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalari hamda Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech