Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazashi hamda tarqqiyotni sekinlashtirishi, davlatni ich-ichidan yemirib borishi, xalqni xonavayron etishi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘lishi yuzasidan axboroti tinglandi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilganligi va bu borada har birimizdan hushyorlik va mas’uliyatlilik talab etilishi yuzasidan mas’ullarga nisbatan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Shu jumladan, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish” mavzulari yuzasidan ham axboroti eshitildi.
Shuningdek, mamlakatimizda avvalo aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish – kundalik hayot tarzimizga aylanishi shartligi hamda bu illatga qarshi kurashishga barcha davdat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman har bir fuqaro safarbar etilishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida @antikorrupsiyastatbot maxsus telegram botiga yoki (71) 203 80 00, (11-51), (66) 235 58 95 ishonch telefonlari orqali xabar berish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlanishi va xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.
Axborot xizmati