2023- yilning 8- may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov hamda Pastdarg‘om tumani statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi U. Omonovlar tomonidan Pastdarg‘om tumanida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi va kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun kuzatuvga mas’ul bo‘lgan xodimga tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati