08/05/2023

    Yurtimizning eng ulugʻ va eng aziz bayramlaridan biri, sharqona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning timsoli boʻlgan 9 may – “Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash maqsadida Samarqand viloyati statistika boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich ochib barchani bayram bilan tabriklarkan, 9 may umumxalq bayrami ekanligi, yurtimizda 1999-yildan boshlab esa “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanib kelinayotganligi, darhaqiqat, Mustaqil davlatning bayramlari ham xalq tabiati va anʼanalariga mos boʻlishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.

 

 

    Shuningdek, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar barcha O‘zbekiston xalqini, qolaversa statistika tizimi jamoasini, ularning oila a’zolarini 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklashdi.

 

 

    Xalq xotirasi deganda kishi koʻz oʻngidan Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudrati, aql-zakovatini ayamagan, kerak boʻlsa, shu yoʻlda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar bir-bir oʻtadi. Spitamen, Shiroqdan Turkon Xotun, Mahmud Torobiygacha, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbekdan Zahiriddin Muhammad Boburgacha, Jaloliddin Manguberdidan, Najmiddin Kubrogacha yodga tushaveradi.

 

 

Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni  munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz vatandoshlar!

 

          Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech