Joriy yilning 11-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarma Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘I S. O‘rozaliyev, Oqdaryo tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Z. Ergashevlar birgalikda Oqdaryo tumani dehqon bozorida 5-narx (O‘rtacha) haftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatib, narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirishdi.
Kuzatuv davomida planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati