22/05/2023

    “Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish”, aholi va uy joy to‘g‘risida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi jarayondir. Ushbu tadbirning afzalligi shundaki, u ikki xil to‘plam (aholi va uy joy) to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Aholi va uy-joy fondi bilan bog‘liq aholini ro‘yxatga olish tadbirining natijalari kichik hududlar va aholining kichik guruhlari bo‘yicha aholi, oilalar, uy xujaliklari va uy-joy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni bir xil asosda ishlab chiqish uchun zarur. Aholining xususiyatlari geografik, demografik, ijtimoiy, iqtisodiy alomatlar hamda oilalar va uy xujaliklarining belgilarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina mamlakatlar uchun ro‘yxatga olish jarayonida olingan natijalar bunday ma’lumotlarni ishlab chiqish uchun juda muhimdir, chunki ro‘yxatga olish boshqa diqqatga sazovor muqobillarga ega bo‘lmagan yagona manba hisoblanadi.

    “O‘y-joy fondini ro‘yxatga olish” xuddi shu tarzda “muntazam vaqt oralig‘ida mamlakat hududida va uning eng kichik geografik birliklarida barcha uy-joy fondlarining rasmiy hisobini (yoki nazorat bahosini) hamda uy-joy xususiyatlarining tanlangan to‘plami bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshirishga imkon beruvchi  tadbir” deb ta’riflanadi. Ushbu tadbir uy-joy bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish, shuningdek, turar-joy binolariga oid ma’lumotlarni baholash, tarqatish va tahlil qilish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ro‘yxatga olish uy-joy birliklarining soni, shuningdek, uy-joylarning konstruksiyaviy xususiyatlari va oilalarning normal hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan qulayliklar mavjudligi haqida ma’lumot olishni ta’minlashi lozim.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech