Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,7 foizi yoki 16 265 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 73,8 foiz ulushni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘zgarish sur’ati 91,8 foizni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 16,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘zgarish sur’ati 97,6 foizni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 9,6 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 106,2 foizni tashkil etdi
Axborot xizmati