23/06/2023

    2023-yilning 22-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov hamda Toyloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i v.b. A. Normuratov ishtirokida Toyloq tumani dehqon bozorida chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi 12-bozor (oylik) tanlama kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tushunchalar berildi.

O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech