23/06/2023

    2023-yilning 22-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi, intervyuer                D. Qurbanov tomonidan Pastdarg‘om tumani “Yangi avlod” MFYda ro‘yxatdagi oilalardan birida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga kiritish ishlari to‘g‘ri va sifatli bajarilganligi nazoratga olindi.

Kuzatuv davomida intervyuer tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech