04/07/2023

    Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda.

Jumladan, 2023-yil yanvar-may oylarida 53,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,4 mln AQSh dollariga yoki 22,1 ming tonnaga kamaydi.

 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,8 %), XXR (14,5 %), Belarus Respublikasi (8,6 %), hamda Turkiya (7,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yil yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 54,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,7 % ga kamaydi va jami eksportdagi ulushi 23,5 % ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech