2023-yil 1-iyul holatiga viloyat bo‘yicha chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 12 591 tani tashkil etib, (o‘zgarish sur’ati 91,7 %). Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 41 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 12 550 tani tashkil qildi.
Shu jumladan, savdo sohasida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib borayotgan YaTTlar va uyushmagan savdo (jismoniy shaxslar)ning kuzatuvlar asosida yig‘ilgan ma’lumotlar, chakana savdo ko‘rsatgichlariga kiritilgan.
Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 12 198,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 104,7 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2 316,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 96,1 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 9 882,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 107,0 %), shundan uyushma-gan savdo tovar aylanmasi 1 215,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 112,4 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati