01/08/2023

    Jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat korrupsiyadir. Korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Korrupsiya - davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir”.

 

 

    Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Albatta, bizning bu ehtimolimiz bejizga emas. Chunki insoniyat paydo bo‘libdiki, uni nafsi bor, nafs bo‘lgan joyda suiiste’molchiliklar bo‘ladi.

    Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Mukammal bo‘lmagan qonunlar ishlamaydi va ayrim shaxslar uddaburonlik, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlardagi nazarda tutilmagan yoki tartibga solinmagan, umumiy ma’noda huquqiy bo‘shliqni topib, bundan ustalik bilan foydalanadilar.

  

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech