Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 2023-yilning 2-avgust kuni “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari ma՚sul xodimlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida onlayn amaliy seminar tashkil etildi.

    Seminar boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov hamda boshqarmaning Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshlig‘i X. Xazratkulovlar tomonidan o‘tkazildi. Seminarda keyingi choraklarda planshet orqali oʻtkaziladigan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini ta՚minlash yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech