So‘nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish sohasida 28 064 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 44,2 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 816,7 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,8 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 78 344,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 23,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyati boʻyicha 7 058,7 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 094,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida MDH mamlakatlariga 334,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 69,0 % ini tashkil etdi.

Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi savdo xizmatlarida – 35,7 % (4 860,1 mlrd. so‘m), transport xizmatlarida – 33,2 % (4 240,6 mlrd. so‘m), shaxsiy xizmatlarda – 6,7 % (1 347,1 mlrd. so‘m) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5,7 % (899,8 mlrd. so‘m)ni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi 27,9 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 101,8 % ni tashkil etgan

2023–yilning yanvar–sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 493,9 ming tonna uzum (2022–yilning yanvar–sentabriga nisbatan 2,7 % ga kam) yetishtirildi.

2023–yilning yanvar– sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 16 738,3 mlrd. so‘mni yoki 2022–yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4796-son qаrоri ijrosini ta’minlash

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 12 851 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 836 tasi qo‘shma va 8 015 tasi xorijiy korxonalardir.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 36 373,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 %ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 467,8 tonna shampun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga SHHTga aʼzo (Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Eron) davlatlardan 5 063,8 ming nafar chet el fuqarolari tashrif  buyurgan.

2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 679 842 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etdi. Ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha: