2024-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 082,1 mln dona (2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,1 foiz ko‘p) tuxum olingan.
Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmining 46,4 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Hududlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak eng ko‘p Samarqand tumanida 334,7 million dona, eng kam Kattaqo‘rg‘on shahrida 1,3 million dona tuxum olingan.
Axborot xizmati