2025-yilning yanvar oyida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 642 tani tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tashkil etilgan korxona va tashkilotlar quyidagicha: Samarqand shahrida (157 ta), Urgut (57 ta) va Pastdarg‘om (55 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni savdo – 194 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 157 ta, sanoat – 65 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari sohasida – 47 ta va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 33 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati