18/08/2023

2023-yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bosh mutaxassisi S. Guseynov, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov, boshqarma Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi B. Saydalimovlar ishtirokida Narpay va Paxtachi tumanlarida ro‘yxatdagi uy xo‘jaliklarida uy xo‘jaliklari xarajatlari to‘g‘risidagi kuzatuvni o‘tkazish jarayonida ishtirok etishdi.

Tadbir jarayonida kuzatuvning mohiyatiga to‘xtalib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish, mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi.

Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga kiritish ishlari to‘g‘ri va sifatli bajarilganligi nazoratga olindi.

Kuzatuv davomida intervyuer tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech