18/08/2023

Joriy yilning 18-avgust kuni “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida  onlayn ravishda vebinar  tashkil etildi. Vebinar boshqarma boshligi Sh.Abdiyev, hamda “Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshligi X. Xazratkulov tomonidan tashkillashtirib o‘tkazildi.

Tadbirda III-chorak davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech