18/08/2023

Kun tartibidagi o‘quv-seminar yig‘ilishida, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-860-son Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini o‘quv-seminar yig‘ilishi ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.

 

 

Mazkur Qonunning 4-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat ekanligi to‘g‘risida ham tushuntirish berildi.

qonuniylik;

mustaqillik;

xolislik;

korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazishning majburiyligi;

korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalarining asoslanganligi;

ochiqlik va shaffoflik korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari hisoblanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

                                                                                                                                 

        Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech