2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 2,4 foiz ulushini tashkil etdi.
2022-yilning mos davri bilan solishtirganda tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki:
-quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning o‘zgarish sur’ati 69,4 foizni tashkil etdi;
-ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishining o‘zgarish sur’ati 25,1 foizni; pochta va kuryerlik yo‘nalishi 3,3 foizni tashkil etdi;
-havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni
2,0 baravarga oshgan; suv transporti yo‘nalishidagi korxonalar soni 0,3 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati