15/09/2023

    2023-yilning 15-sentabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil                  11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati hamda “Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisida”gi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida universitet oʻqituvchilari va talabalari uchun Samarqaqnd viloyati statistika boshqarmasi   mutaxassislari tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov so‘zga chiqib Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati hamda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’ruza qildi.

Shuningdek, suhbat jarayonida viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Davra suhbati yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Statistika boshqarmasi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

Tadbir yakunida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Universitet kutubxonasiga turli statistik toʻplamlar va kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Axborot xizmati 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech