22/09/2026

    2026-yil 22-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tomonidan,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi      PF–190-sonli “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

    Matbuot anjumani belgilangan kun tartibi asosida tashkil etildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligining viloyatdagi vakili G‘. Hasanov kirish so‘zi bilan ishtirokchilarni qutladi.

    Shundan so‘ng Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Qudratov tomonidan PF–190-sonli Farmonning mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, statistika sohasini rivojlantirish hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanish masalalari haqida axborot berildi.

    Matbuot anjumanining keyingi qismida viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shukurov Firdavs Abdusayidovich tomonidan Farmoning IV-bobida belgilangan O‘zbekiston Respublikasida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazish va mazkur jarayon doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

    Tadbir yakunida jurnalistlar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

    Matbuot anjumani davomida statistika sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech