15/09/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 8 maydagi PF–67-son Farmoni Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish topshirig‘i berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun joriy yilning 15-sentabr kuni Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini boshqarma xodimlariga tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi, unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligi;

yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda Konstitutsiyadagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izchil amalga oshirish bo‘yicha 5 ta ekspertlik kengashi tuzildi hamda ularning vazifalari belgilab berilganligi;

shu bilan birga, Farmonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini reja-grafik asosida o‘qitish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilganligi haqida ma’ruza qilishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech