Aholining “jinsi”, “yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun ro‘yxatga olish boshqa ma’lumotlarini tasniflash va ularni taqdim etishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu ma’lumot ro‘yxatga olish doirasida so‘rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo‘yicha ma’lumot yig‘ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday ma’lumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxsning jinsini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Aholining jinsi, yoshi bilan birga, aholi sonining boshqa xususiyatlari bilan ko‘pincha o‘zaro tasniflangan ro‘yxatga olish belgisidir. Shu bilan birga, ushbu uchun ajratilgan yacheyka iloji boricha to‘liq va aniq to‘ldirilishi juda muhimdir. Aholi jinsi kesimida ma’lumotlarning taqsimlanishi gender statistikasini tuzishning asosiy talablaridan biridir. Ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatlarga ko‘ra, ro‘yxatga olish jarayonida to‘planishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, masalan, ta’lim, bandlik holati, nikoh holati, migratsiya, nogironlik va uy-joy sharoitlari, odatda, jinsga qarab farq qilishi mumkin. Aholi jinsi yoshi bilan bir qatorda, ro‘yxatga olish va boshqa tadqiqotlar doirasida shaxslar haqida yig‘iladigan, shuningdek, boshqa ma’muriy hisoblar tizimida yuritiladigan va ushbu ko‘rsatkichlarni boshqa ko‘rsatkichlar bilan birlashtirishda aholining ko‘pgina ijtimoiy, demografik xususiyatlarini tahlil qilishga asos yaratadi.
Yosh haqida ma’lumot olish uchun tug‘ilgan kun haqida ma’lumot to‘plash tavsiya etiladi. Bu ro‘yxatga olish vaqtida aniq yoshdagi ma’lumotlarni to‘plashdan ko‘ra aniqroq ma’lumot olish imkonini beradi. Tug‘ilgan sana haqida ma’lumot to‘plash ma’lumotlar jadvallarini ikki shaklda: tug‘ilgan yil va to‘liq yillar sonini ishlab chiqishga imkon beradi.
Nikoh holati mamlakatning nikoh qonunlariga (yoki urf-odatlariga) nisbatan har bir shaxsning oilaviy ahvoli (ya’ni, nikoh holati) deb ta’riflanadi. Har bir shaxsning qonuniy nikoh holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kamida 15 va undan yuqori yoshdagi shaxslarga nisbatan to‘planishi kerak. Shu bilan birga, turli mamlakatlarda qonun bilan (yoki an’analar, urf-odatlar asosida) belgilangan eng kam nikoh yoshi bir xil emas, chunki aholi boshqa mamlakatlarda turmush qurgan yoshlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun, eng kam nikoh yoshi bo‘lgan barcha shaxslar uchun bunday ma’lumotlarni to‘plash tavsiya etiladi.
Axborot xizmati