14/10/2025

    Joriy yilning 13-oktabr kuni Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanida olis hudud mahalla yetiligi xodimlari uchun Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish savolnomalarini toʻldirish boʻyicha oʻquv-seminar tashkil etildi.

    Unda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Salimov, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov, tuman statistika boʻlimi xodimlari hamda tumandagi olis hududlar mahalla yetiligi xodimlari  ishtirok etishdi.

    Seminarda savolnomalarni bandma-band xatosiz toʻldirish, registrator sifatida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish jarayonida qoʻllaniladigan boshqa amaliy jihatlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

    Bu jarayon roʻyxatga olish ishlarini samarali tashkil etish hamda xodimlarning malakasini oshirishga yordam beradi.

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech