Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar tomonidan 420,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 94,3 % ni tashkil etib, ulardan eng yuqorilari oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (34,0 %), sanoat tovarlari (28,7 %) va mashina va transport asbob-uskunalari (15,0 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda
Axborot xizmati