17/10/2023

       Kun tartibidagi davra suhbatida boshqarma tarmoq bo‘lim boshliqlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning Korrupsiya-xavfli illat mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.

 

     Korrupsiya davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazuvchi og‘ir jinoyatdir. Ushbu jinoyatning ko‘p turlari pora berish va pora olish, tovar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqalar jinoyatlardan iborat.

     Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yaratilgan.

     Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashga katta e’tibor qaratilmoqda. 2017-yil yanvar oyida esa O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-iyundagi PF-6013-sonli, 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonlari qabul qilindi.

    Respublikamizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishning barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilib, har bir davlat organining vazifalari aniq belgilab berildi.

   Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

      Olib borilayotgan islohotlar natijasida korrupsiyaning oldi olinmoqda, korrupsiya bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir. Aytish mumkinki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta’minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat davlat organlari, balki fuqarolar ham keskin kurashishlari lozim.

    Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech