2023–yilning yanvar–sentabr oylarida Samarqand viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 1 029,9 mln. dona tuxum (2022–yilning yanvar–sentabriga nisbatan 3,0 % ga kam) olingan. Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 54,7 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati