25/12/2023

      Korrupsiya bu - mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi bo‘lib, u mamlakatning yuksalishi va taraqqiy etishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi va ushbu illatga qarshi kurashish barcha davlatlarda eng dolzarb masala bo‘lib qolayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.  

 

 

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi, unda davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlashga alohida urg‘u berilishi amaliy tashabbuslardan biri bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

       Davlatimiz rahbarining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xorijiy turdosh muassasalar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish orqali uning salohiyat va imkoniyatlarini yanada oshirish, eng ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan yangi mexanizmlar tatbiq qilinib, jumladan, korrupsiya holatlari bo‘yicha “dastlabki o‘rganish” - korrupsion surishtiruv instituti joriy etilishi haqidagi takliflari ham diqqatga sazovordir.

       Bir so‘z bilan aytganda, mazkur nufuzli tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar ortga qaytmasligini anglatadi. Eng muhimi, Yangi O‘zbekiston uchun ushbu masala barcha davrlarda eng ustuvor vazifalardan bo‘lib kelgani va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishidan dalolat beradi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech