Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi.
Navoiy mantiq, falsafa, riyoziyot va boshqa fanlar bilan ham shug‘ullangan. Shoir o‘zbek va fors-tojik tillarida bir qancha she’rlar bitib, ikki til bilimdoni sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she’rlarida “Navoiy” (“navo” - kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she’rlarida esa asosan “Foniy” (“fano” - vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan “Navoiy” taxallusini qo‘llaydi. Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000ga yaqin misrani tashkil etadi.
Shoir ijodining yuksak cho‘qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda to‘liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. “Xamsa” tarkibiga “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo‘lsa-da, maxsus “Lisonut-tayr” dostonida, “Nasoyimul-muhabbat” manqabasi”da, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtim-u chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parvarash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay, deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘yida qadam,
Yo‘lgakim, avval qadam ma’shuqa o‘tru qilmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Axborot xizmati