06/11/2025

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘qituvchi va talabalari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

    Mazkur seminarda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, qishloq xo‘jaligini qamrab olishdagi yangiliklar, ro‘yxatga olish jarayonlarining bosqichlari hamda to‘planadigan ma’lumotlarning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘g‘ri to‘ldirish, so‘rov o‘tkazish chog‘ida respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularni elektron tizimga kiritish jarayonlari batafsil tushuntirildi.

   Ro‘yxatga olishning maqsadi, tashkil etish tartibi, amalga oshirish bosqichlari va unda kimlar ishtirok etishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

   Shuningdek, tadbir davomida ro‘yxatga olish natijalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini samarali rejalashtirish, aholi ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash va manzilli chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

   Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

   Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga boshqarma xodimlari atroflicha javob berishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech