2024-yilning 23-may kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Samarqand tumani statistika bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi 18-son umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i F. Jabborov tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.
Seminarda shuningdek, doimiy aholi soni, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida tushunchalar berib o‘tildi.
Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga F. Jabborov tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xavfsizligi