14/06/2024

    2024-yilning yanvar-aprel oylarida jami 32,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,8 ming nafarga yoki 43,2 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 24 018 nafar;

Qozogʻiston — 4 001 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 3 546 nafar;

Rossiya — 532 nafar;

Turkmaniston — 300 nafar;

Turkiya — 17 nafar;

Afgʻoniston — 15 nafar;

Moldova — 5 nafar;

Ukraina — 5 nafar;

Belarus — 3 nafar;

Boshqa davlatlar — 19 nafar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech