19/06/2024

    2024-yil yanvar-aprel oylarida 47,9 mln. AQSh dollarlik 53,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,2 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (25,2 %), Turkiya (13,9 %), XXR (12,9 %), hamda Ozarbayjon (7,8 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yil yanvar-aprel oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 25,2 %), bu Turkiya eksport hajmidan 11,3 % ga ko‘p.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech