27/06/2024

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi,  27- iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan boshqarma Axborot xizmati bosh mutaxassisi F. Eshonkulovni hamda barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta’minlash hamda keng jamoatchilikka etkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni beqiyosdir.

Matbuot xodimlarining fidokorona mehnat qilayotganligini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Fursatdan foydalanib, barcha Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etib, barchalariga mustahkam sog‘lik, ijodiy muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida ulkan parvozlar tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech