2024-yilning yanvar-may oylari holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 757,4 ming so‘mni (2023-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 104,5 %) tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Samarqand shahri (7 190,0 ming so‘m), Kattaqo‘rg‘on shahri (4 957,9 ming so‘m) va Samarqand (4 633,6 ming so‘m), Bulung‘ur (3 635,9 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati