Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar tomonidan 301,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2023-yilning mos davriga nisbatan 130,0 % ni tashkil etgan) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.
Axborot xizmati