27/06/2024

    2024-yilning yanvar-may oylarida jami 46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,2 ming nafarga yoki 64,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 34 976 nafar;

Qozogʻiston — 5 480 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 4 501 nafar;

Rossiya — 757 nafar;

Turkmaniston — 378 nafar;

Turkiya — 20 nafar;

Afgʻoniston — 15 nafar;

Ukraina — 7 nafar;

Ozarbayjon — 6 nafar;

Moldova — 5 nafar;

Boshqa davlatlar — 30 nafar.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech