05/07/2024

    2024-yilning 5-iyul kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida “Ogoh bo‘ling firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang”!!!, “Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi” mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev kiberjinoyatlar haqida to‘xtalib, ularning jamiyatga va insoniyatga bo‘lgan xavfi haqida to‘xtalib o‘tdi.

         Axborot xurujlari orasida “kiberjinoyat” tushunchasi mavjud. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlar ichida kiberjinoyatchilik to‘rtinchi pog‘onada turadi. U insonlar tomonidan boylik orttirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda sodir etilgan xavfli jinoyat sanaladi. Uning yuzaga kelishiga global internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Sodda qilib aytganda, bu turdagi jinoyatni kompyuter qarshisida o‘tirib, minglab kilometr uzoqlikdagi mintaqada joylashgan biror tashkilotning mablag‘ini o‘marish orqali sodir etish mumkin.

Kiberjinoyatning asosiy turlariga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilar kiradi.

Yig‘ilish yakunida Sh. Abdiyev barchani hushyorlikka chaqirib, firibgarlar tuzog‘iga ilinib qolmaslik uchun ogoh bo‘lishga da’vat etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech